Chempionlar ligasida eng ko‘p finalda mag‘lub bo‘lgan klublar reytingi e’lon qilindi
"Real" va "Barsa" nechanchi o'rinda?
Yevropa Chempionlar ligasi tarixida finalgacha yetib borish katta yutuq sanaladi. Biroq hal qiluvchi uchrashuvda mag‘lub bo‘lish ham klublar tarixida alohida statistika sifatida qayd etiladi.
Tarqalgan reytingga ko‘ra, musobaqa finallarida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan klub — "Yuventus" hisoblanadi. Turinliklar Chempionlar ligasi va uning avvalgi formati bo‘lgan Yevropa chempionlar kubogi finallarida 7 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Ikkinchi o‘rinni birdaniga ikki klub — "Benfika" va "Bavariya" egalab turibdi. Ularning har biri finalda 5 marta imkoniyatni boy bergan.
Keyingi pog‘onalardan "Liverpul" va "Milan" (4 tadan), shuningdek "Atletiko", "Inter", "Barselona" hamda "Real" (3 tadan) joy olgan.
Qiziqishi shundaki, ro‘yxatdan musobaqa g‘oliblari qatorida eng ko‘p sovrin yutgan klublar ham o‘rin olgan. Bu esa ularning finalga tez-tez chiqib turganini ko‘rsatadi.
Reytingning yuqori qismi:
"Yuventus" — 7 ta mag‘lubiyat
"Benfika" — 5 ta
"Bavariya" — 5 ta
"Liverpul" — 4 ta
"Milan" — 4 ta
"Atletiko" — 3 ta
"Inter" — 3 ta
"Barselona" — 3 ta
"Real" — 3 ta
Qolgan klublar esa finaldagi mag‘lubiyatlar soniga ko‘ra 1 yoki 2 tadan noxush natijaga ega.


Izohlar (0)